G‘AFFOROV MUXTOR SATTOROVICH

   XATIRCHI TUMAN MAKTABGACHA TA‘LIM BO‘LIMI MUDIRASI

   Telefon: +99895-607-42-55
   Faks:       +99895-607-42-55
   Elektron pochta: info@xatirchi-mtb.uz

   Qabul kunlari: Har haftaning Seshanba va Juma kunlari
  • Tarjimai hol

  • Xizmat vazifalari va majburiyatlari

  • Murojaat qilish

Tug‘ilgan sana

28.03.1973 yil  

Tug‘ilgan joyi

Navoiy viloyati Xatirchi tumani

Millati

O‘zbek

Ma‘lumoti

Oliy, Toshkent davlat pedagogika instituti

Mutaxassisligi

Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi

Tizumdagi ish staji

2018 yildan beri

Egallab turgan lavozimida

2018 yildan beri

Lavozim vazifalari:
- maktabgacha ta’lim muassasasi umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish;
- maktabgacha ta’lim muassasa pedagogik jamoa va boshqa xodimlarni bolalar bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarda yuqori samaraga erishishini tashkil qilish;
- muassasani rivojlantirishda mehnatni tashkil qilishning zamonaviy shakllaridan foydalanish;
- maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq dasturlarning bajarilishini nazorat qilish;
- tarbiyalanuvchilar hayoti,sog‘lig‘ini muhofaza qilish, asrash, mustahkamlash, ularga ta’lim va tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; ye) yuqori tashkilotdan kelgan hujjatlarni rasmiylashtirilishi va uning ijrosini ta’minlanishini nazorat qilish;
- maktabgacha ta’lim muassasasi Pedagogik kengashiga rahbarlik qilish, oilada farzand tarbiyasi masalalari bo‘yicha ota-onalar, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) bilan ishlashni tashkil qilish;
- tibbiy xodimlarning ishlashi uchun zarur sharoit yaratish va yo‘nalishi bo‘yicha ishlarini nazorat qilish;
- sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda ishni tashkil etish va nazoratini olib borish;
- tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishi, yozgi sog‘lomlashtirish va chiniqtirish tadbirlarini tashkil etishga oid masalalarini hal qilish hamda ularning to‘laqonli sifatli bajarilishini nazorat qilish;
- maktabgacha ta’lim muassasasida tasdiqlangan rejaga muvofiq ish yuritishni tashkil qilish;
- muassasaga tarbiyalanuvchilarni yo‘llanma asosida qabul qilish va ota-onalar bilan shartnoma tuzish, bola yoshiga mos guruhga taqsimlash, bola qabuli bo‘yicha zarur hujjatlarni to‘g‘ri shakllantirish;
- maktabgacha ta’lim muassasasi jihozlaridan maksadli foydalanish, ularning hisobini yuritish va saqlanishini ta’minlash;
- maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog xodimlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, ularning zahirasini yaratish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshirish, ularni munosib ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ichki mehnat intizomiga qat’iy rioya qilinishini nazorat qilish;
- byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish va muassasa mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni nazorat etish;
- ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, maktabgacha ta’lim muassasasi shtatlar jadvalida tarbiyachi-metodist lavozimi bo‘lmaganda uning vazifalarini bajarish;
- muassasada bolalar uchun qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishini ta’minlash;
- maktabgacha ta’lim muassasasi va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktab ta’limiga qamrab olish ko‘rsatkichini oshirishda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
- muassasa hududidagi 5-6 yoshli bolalarni qamrab olish va maktab ta’limiga sifatli tayyorlashda maktabgacha ta’limning muqobil turlarini joriy etish.
Bilishi lozim:
- maktabgacha ta’lim sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni;
- maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiyalashning zamonaviy shakl va metodlarini;
- ta’lim-tarbiya dasturlarini amaliyotga tatbiq etishni va boshqa variativ (muqobil) dasturlar orqali bilim olishini ta’minlashda pedagoglar va ota-onalarga ko‘maklashishni;
- maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarining mazmuni va mohiyatini;
- pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik hujjatlarni, ta’lim va tarbiya jarayonida axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanish amaliyotini; ye) pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, sanitariya qoidalari, gigiyena normativlari talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, maktabgacha ta’lim muassasa rahbar va mutaxassislarning asosiy lavozim malaka tavsiflarini.
Malaka talablari
- maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot, hamda oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lib, maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi qayta tayyorlov kursini o‘tagan;
- xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
- besh yildan kam bo‘lmagan pedagogik va uch yildan kam bo‘lmagan metodist ish staji.

YOPISH